Yoshlikdagi sevimli multfilmlar

Yoshligida multfilm tomosha qilmagan inson oramizda yo’q bo’lsa kerak.
Yoshligimizda biz multfilmlardagi voqealarga ishonardik. Multfilm qahramonlar bilan birga yashardik.
Siz qaysi multfilmlarni sevib tomasha qilgansiz?

1. Nomi esimdan chiqib qoldi. Haligi bir qizcha o’rmonga boradi. Qarasa quyonlar sovuqotib o’tirishgan bo’ladi. keyin ularga uy qurib beradi. Orada tulkini somsa bilan boqadi. Oyisi: “Ro’molingni opkeldingmi, qizim deydi-ku…

2. Pingvinlar haqida “Lolo, Pepe. Judayam zo’r multfilm.

3. To’ti haqida multfilm. Uyidan qochib, bir fermerni uyiga boradi. “O, yoz. o yoz sen bo’lsang bo’lar juuda soz!” deb intervyu oladi. Keyin traktorni cho’ktirvoradi. Oxiri yana uyiga qaytadi. Kelsa, baqaloq mushuk, qarg’alarga aytib o’tirgan bo’ladi: “baliqlar manabundoq, pishloqlar manabuundoq!”…

4. Begemot va mushuk to’g’risida. Begemot juda go’zallikni yaxshi ko’radigan bo’ladi. Mushukni qo’yarda qo’ymay, tepalikka olib chiqadi. Samovorlari pastga tushib ketadi. mushuk rosa aljiraydi. lekin Begemot: “Tutsi, go’zallikni qara!” deb ovutadi…

5. “Nu pogodi”ni ko’rmaydigan odam yo’q, hisob.
Har ko’rganimda bolaligim esimga tushadi. Ana Nupogodi deya quyoncha bilan Bo’rivoyning sarguzashtlarini tomasha qilgan kezlarim esimga tushadi.

6. Zumrad va Qimmatni ham zo’r ishlashgan. Ayniqsa, ishyoqmas va tanbal Qimmat va uning oyisini ahvolini ko’rgan yosh bolalar dangasalikdan yiroqda bo”lishga urinadilar… “Zumrad va Qimmat” iqtiboslari:
“Yerto’laga tushsang ikkita eshik bor. Biri qizil, biri oq. Qizil eshikka kirib, qizil sandiqni olib chiq”
“Hiq, qornim to’ydi, endi yotib uxlayman”
“Voy shum kampirey, bitta bilaguzuk bilan meni aldabdi”.

7. Alvastijon! Qaylardasan, Alvasti. Mirzabek Holmedov zo’r ovoz bergan…

8. Donald Duck. Donald degan o’rdak amakining behisob boyliklari bo’ladi. Uning boyligiga doimo qasd qilishadi. Lekin adolat tantana qiladi. Keyin “Pishloq (sir)” deb burni bilan iskab topadigan sichqon ham shu multfilmdamidi?

9. Dilim-milim tramiston. Nomini eslomayapman. “Menga qo’ziqorin yomg’iri, menga pishloq yomg’iri” deydi-ku!

10. Lyapold. Bir mushuk va ikki sichqon haqida multfilm. “Rebyata, davayte jit drujno!” Bechora Lyapold harchand qitmir sichqonlarni yo’lga solmasin, ularning shumligi qolmaydi. Bir kuni Lyapold aka yo’lda ketayotsalar, qog’ozdan devor chizib qo’yishadi. U kishim devor bor ekan deb to’xtab qoladilar.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *